Maʼrifat yuksalgan joyda jaholat yoʻqoladi
Kelajagi haqida jiddiy qaygʻuradigan har qanday mamlakat yoshlar taʼlimiga alohida eʼtibor qaratadi. Xuddi shunday Oʻzbekiston ham.
Bugun zamon shiddat bilan rivojlanyapti, axborot texnologiyalari kirib bormagan sohaning oʻzi qolmadi, hisob.
Qaysiki, mamlakat zamonaviy texnologiyalar borasidagi bilimlarni puxta oʻzlashtirishsa, har jihatdan rivojlanadi, iqtisodiyoti barqaror boʻladi.
Takror boʻlsada aytamiz buning uchun yosh avlod sifatli taʼlim olishi zarur. Mutaxassislar bejizga globallashuv natijasida yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarning eng oldi jabhalarida boʻlib, integratsiyalashuv jarayonida aynan yoshlar millat darajasi hamda turmush sharoitining asosiy koʻrsatkichi sifatida qaralishi kerak, deb taʼkidlamayapti.
Mamlakatimizda ham oʻtgan besh yilda bu borada aniq va maqsadli ishlar qilindi. Hozir amalga oshirilgan ishlar haqida toʻxtalish niyatimiz yoʻq.
Aksincha, kelgusi yillarda yoshlar masalasi bilan bogʻliq qanday vazifalar belgilangani haqida qisqacha soʻz yuritmoqchimiz. Prezidentimiz Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “Navqiron yoshlarimizni, ayniqsa, qizlarimizni sogʻlom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarish, Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol toptirish bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida boʻladi” deya alohida taʼkidlagan edi.
Buning amaliy isboti sifatida Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida yoshlar bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, sifatli taʼlim olishini taʼminlash, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hayotiy vazifalar belgilandi.
Shuningdek, strategiyadan 2022-yilda yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga oʻqishga yuborish koʻlamini 2 baravarga oshirish, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 40 foizga yetkazish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish, turli millat yoshlari uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bagʻrikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar oʻrin olgan.
Strategiyada “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan. Bu nima degani? Bu — aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, xalqqa muhabbat hamda sadoqat ruhi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash oliy maqsad sifatida belgilanganligini anglatadi.
Darhaqiqat, maʼrifat yuksalgan joyda jaholat yoʻqoladi. Ushbu konsepsiya doirasida taʼlim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi Maktablarni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqiladi. Maktab taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklari ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta ishlab chiqiladi.
Taʼlim tizimining eng asosiy negizi — maktab. Strategiyada taʼlim tizimini yanada takomillashtirishda aynan oʻrta taʼlimga eʼtibor qaratilgani oqilona qarordir.
Oliy taʼlim tizimida ham juda katta marra olingan. Kelgusida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglar olishiga erishish masalasiga alohida urgʻu berilgan. Qolaversa, xususiy universitetlarda taʼlim oluvchilarga 7 yillik taʼlim kreditini olish tartibi joriy etiladi.
Sanayversak, koʻlami keng vazifalar tugamaydi. Muhimi, ulardan koʻzlangan maqsad aniq. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish va uni mamlakat innovatsion rivojlanishi uchun qoʻllashdir.
Shozafar SHOAHMEDOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring