“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim isteʼfoga chiqarildi. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Manchester Yunayted” oʻz murabbiyini isteʼfoga chiqardi. Bu haqida bugun ertalab qaror qabul qilindi», deb yozmoqda Romano oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida.
Taʼkidlash kerakki, Ruben Amorim 2024-yilning 24-noyabr sanasidan beri “qizil iblislar”ga ustozlik qilib kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Yunayted” uning boshqaruvida 63 ta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu oʻyinlarning 24 tasida gʻalaba qozondi, 18 ta oʻyinda durang natija qayd etildi va 21 ta oʻyin jamoaning magʻlubiyati bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring