“Manchester Siti”dan gʻalaba, “Chelsi”dan durang

10:26 21 Dekabr 2025 Sport
246 0

Angliya Premyer-ligasida 17-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan muhim bahslarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.

“Manchester Siti”dan yirik gʻalaba

Pep Gvardiola shogirdlari soʻnggi paytlarda natijalar borasida ancha barqarorlikka erishmoqda. Jamoa soʻnggi 6 ta oʻyinda gʻalaba qozonib kelayotgan edi. Bu gal ham xuddi shunday boʻldi.

Oʻyin oldidan “shaharliklar” tarkibida qator yoʻqotishlar mavjud edi. Jumladan, Mateo Kovachich, Jon Stouns, Jeremi Doku va Rodri jarohati sabab oʻyinni oʻtkazib yuborishdi. Omar Marmush hamda Rayan Nuri esa Afrika millatlar kubogida ishtirok etish uchun oʻz terma jamoalari ixtiyoriga joʻnab ketishdi.

Uchrashuvda hisob 5-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Ushbu golga Erling Holand mualliflik qildi. 38-daqiqada hisobdagi farq ikkitaga yetkazildi — bu gal gol Reynders hisobiga yozildi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 69-daqiqasida bahsdagi soʻnggi gol kiritildi. Bu gal ham muvaffaqiyatli zarba Erling Holand hisobiga toʻgʻri keldi. Shu tariqa uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “Manchester Siti” vaqtincha APL jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

“Manchester Siti” — “Vest Hem” 3:0

Gollar: Holand (5, 69), Reynders (38).

“Manchester Siti”: Donnarumma, Nunesh, Diash, Gvardiol, OʼRayli, Silva (Mukasa, 75), Niko (Husanov, 67), Reynders (Lyuis, 67), Sherki (Savinio, 67), Foden, Holand.

“Vest Hem”: Areola, Uoker-Piters, Kilman, Todibo, Fernandesh (Rodriges, 79), Potts (Uilson, 79), Magassa, Skarlz (Mayers, 64), Paketa (Souchek, 78), Sammervill (Mavropanos, 79), Bouen.

Ogohlantirishlar: Niko (28), Bouen (41).

“Chelsi”dan navbatdagi durang

Mareska boshchiligidagi “Chelsi” jamoasi soʻnggi oʻyinlarda omadsizlikka duch kelmoqda. Bu gal London klubi Angliya sharafini Yevropa chempionlar ligasida himoya qilayotgan jamoalardan biri — “Nyukasl” maydoniga safar qildi.

Oʻyin oldidan har ikki jamoada ham jiddiy yoʻqotishlar bor edi. Jumladan, “Nyukasl”ning himoya chizigʻida katta muammolar kuzatildi. Ushbu bahsda “qaldirgʻochlar”ga Kiran Trippyer, Dan Byorn, Emil Kraft, Valentino Livramento yordam bera olishmadi.

“Chelsi” tarkibida esa Liam Delap, Romeo Laviya, Estevao hamda Levi Kolvill ushbu oʻyinda maydonga tushishmadi.

Bahsda hisob 4-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Nik Voltmade oʻyinda ilk gol muallifi boʻldi. 20-daqiqada esa u oʻzi hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 49-daqiqasida Ris Jeyms hisobdagi farqni qisqartirdi. 66-daqiqada esa “Chelsi” futbolchisi Joau Pedro hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

“Nyukasl” — “Chelsi” 2:2

Gollar: Voltmade (4, 20) — Jeyms (49), Pedro (66).

“Nyukasl”: Ramsdeyl, Miley, Sher, Tiau, Holl, Tonali, Bruno, Ramsey (Uillok, 89), Myorfi (Elanga, 73), Voltmade (Vissa, 73), Gordon (Barns, 72).

“Chelsi”: Sanches, Gusto (Fernandes, 55), Chaloba, Fofana, Kukurella, Kaysedo, Jeyms, Netu, Palmer (Santos, 80), Garnacho, Pedro.

Ogohlantirishlar: Sher (61), Vissa (77), Holl (86) — Sanches (7), Garnacho (27), Gusto (45), Kaysedo (70), Santos (82), Pedro (83).

“Arsenal”dan qiyin gʻalaba

“Arsenal» klubi uchun mavsum omadli boʻlmoqda. Mikel Arteta jamoasi “boxing day“gacha boʻlgan muddatni juda yaxshi oʻtkazdi.

Bu turda jamoa Liverpul shahrida “Everton” klubi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 1:0 hisobida “londonliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinda kiritilgan yagona golga 27-daqiqada Gokeresh mualliflik qildi. Shu tariqa “Arsenal” APL turnir jadvalida 1-oʻringa qaytdi.

“Everton” — “Arsenal” 0:1

Gol: Gokeresh (27, penalti)

“Everton” — Pikford, Alkaraz (Rol, 75), Barri (Betu, 66), Ayrogbunam, Garner, Grilish, Kin, Maknil (Dibling, 75), Mikolenko, OʼBrayen, Tarkovski.

“Arsenal” — Rayya, Saliba, Timber, Kalafiori, Hinkapi, Rays, Subimendi, Edegor (Merino, 88), Saka, Trossar (Martinelli, 80), Gokeresh (Jezus, 65).

Ogohlantirishlar: Mikolenko (26), Tarkovski (39), Gokeresh (56), Martinelli (89).

“Liverpul” Londondan gʻalaba bilan qaytdi

Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” soʻnggi oʻyinlarni stabil oʻtkazmoqda. Jamoa soʻnggi 5 ta oʻyinini 3 tasida gʻalaba qozondi va 2 tasida durang oʻynadi. Jamoa bu galgi bahsni ham gʻalaba bilan yakunladi.

Londonda “Tottenham”ga qarshi oʻtgan oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Taymdagi eng esda qolarli vaziyat London klubi himoyachisi Xavi Simonsga qizil kartochka koʻrsatilgani boʻldi.

Ikkinchi boʻlimning 56-daqiqasida Aleksandr Isak hisobni ochdi. 10 daqiqa oʻtib, Hugo Ekitike hisobdagi farqni 2 taga yetkazdi. 83-daqiqada Risharlison hisobdagi farqni 1 taga qisqartirdi.

“Tottenhem” — “Liverpul” 1:2

Gollar: Risharlison (83) — Isak (56), Ekitike (66).

“Tottenhem” — Vikario, Romero, van de Ven, Spens, Porro, Grey (Palinya, 71), Bentankur, Bergvall (Odober, 71), Quddus (Jonson, 58), Simons, Kolo-Muani (Risharlison, 80).

“Liverpul” — Alisson, van Deyk, Konate, Bredli (Isak 46, Frimpong 60, Keza 90), Kerkez, Soboslai, Gravenberh, Jons, Mak Allister, Virts (Nioni, 90+9), Ekitike (Robertson, 90+9).

Ogohlantirishlar: Romero (66), Konate (77), Soboslai (83), van de Ven (85), Bentankur (90+5), Mak Allister (90+8), Risharlison (oʻyindan soʻng).

Chetlatishlar: Simons (33), Romero (90+3)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?