“Manchester Siti” “Liverpul” ustidan yirik gʻalabaga erishdi
Kecha, 9-noyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 11-turidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Tur doirasidan joy olgan bahsda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobigagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Erling Xoland, Niko Gonsales va Jeremi Doku mualliflik qildi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov oʻyin qaydnomasidan oʻrin olmadi.
Shu tariqa “Liverpul” klubining APL doirasida 44 ta oʻyinli golli seriyasi yakunlandi. “Mersisaydliklar” bungacha soʻnggi bor 2024-yilning 14-sentyabr kuni “Nottingem Forest” klubiga qarshi bahsni golsiz yakunlagan edilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring