“Manchester Siti” Angliya Liga kubogining yarim finaliga yoʻl oldi
Kecha, 17-dekabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining chorak final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Brentford” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 32-daqiqada Cherki tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida “Manchester Siti” klubi hisobni ishonchli koʻrinishga keltirdi. Savinyo ushbu golga mualliflik qildi. Shu tariqa, bahs 2:0 hisobida “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq oʻyin oʻtkazdi. “Sofascore” portali uning harakatlarini 7,2 ballga baholagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring