Makulaturaga emas — ziyo maskaniga
Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi aholiga xonadonlarida va shaxsiy kutubxonalaridagi foydalanilmayotgan adabiyotlarni makulaturaga emas, mazkur muassasaga topshirish boʻyicha murojaat bilan chiqdi.
— Bu bilan kutubxonalarning adabiyot fondini boyitish orqali koʻplab durdona asarlarni oʻz ichiga olgan noyob kitob nusxalarini saqlab qolishni ham maqsad qilganmiz, — deydi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Muhiddin Tashtanov. — Chunki qaysidir xonadonda toʻplanib qolgan va uzoq vaqtdan buyon foydalanilmayotgan adabiyotlar makulaturaga topshirilganda ular orasida har doim bebaho hisoblanadigan kitoblar ham koʻplab uchraydi. Aksariyat hollarda esa ular yaxshi saqlangan va mutolaaga toʻliq yaroqli boʻladi.
Yana bir muhim jihat. Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazining murojaatida aholidan qabul qilinadigan adabiyotlar homiylik mablagʻlari hisobidan sotib olinishi aytilgan. Eʼtiborlisi, ushbu ibratli ish boshlangan dastlabki kunlardanoq aholi tomonidan mazkur ziyo maskaniga 2 620 dona kitob topshirildi.
Ahmadali SHERNAZAROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring