Maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalarida uzluksiz huquqiy taʼlim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi. Maktablarda huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquvchilar oʻrtasida “Huquqshunos bilimdon” olimpiadasi va huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkaziladi.
“Huquqiy sinf”ga “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.
“Maktab – litsey – texnikum – OTM” uzluksiz taʼlim tizimi boʻyicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (2-yillik oʻqish davrida har oʻquv yilining yakuniy baholari “aʼlo” va “yaxshi” boʻlgan) bitiruvchilar 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri (toʻlov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring