Madrid derbisida “Real“ gʻalaba qozondi

05:05 23 Mart 2026 Sport
200 0

Kecha, 22-mart kuni Ispaniya La Ligasining 29-tur bahslari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan markaziy uchrashuvda muxlislar Madrid derbisiga guvoh boʻlishdi.

Uchrashuv 3:2 hisobida maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob 32-daqiqada ochildi — Ademola Lukman “Atletiko Madrid“ni oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimda “Real Madrid“ oʻyinni oʻz nazoratiga oldi. 52-daqiqada Vinisius Junior penaltidan hisobni tenglashtirdi. Oradan uch daqiqa oʻtib, Federiko Valverdi jamoasini oldinga olib chiqdi.

66-daqiqada Nauel Molina hisobni yana tenglashtirdi. Ammo 72-daqiqada Vinisius Junior dublga erishib, “qaymoqranglilar“ga gʻalaba keltirdi.

Shu tariqa bahs Alvaro Arbeloa jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “Real Madrid“ ochkolari sonini 69 taga yetkazdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?