Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaga tanbeh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda“Yulduz Usmonova “Pryamoy Efir”da militsiyani qattiq tanqid qildi” mavzusida video lavha tarqatildi. Mazkur xabarlarga Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ushbu videolavhaga eʼtiroz munosabatini bildirmoqda.
“Oʻzbekistonga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar nooʻrin, shuningdek, sanʼatkorning xabari boʻlmasa kerak, ikki oy davomida oʻz oilasi va uyiga hattoki bormayotgan ichki ishlar xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yoʻq. Chunki ular xalqning tinchligi yoʻlida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti.
Bir ishning ortidan ichki ishlar xodimlarini ayblash xato boʻlsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi?
Bugun mamlakatimizda Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari, shifokorlarning mehnatini hech narsa bilan tenglashtirib boʻlmaydi”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, munosabatda Oʻzbekistondagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini taʼminlab berayotgan Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi oʻz minnatdorligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring