“Lonely Planet” nashri tomonidan Oʻzbekiston — eng yaxshi sayohat maskani deb topildi

Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari London shahrida boʻlib oʻtayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm koʻrgazmasi davomida Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Jamshid Abdusalamovga dunyodagi eng mashhur turistik nashriyotlardan biri “Lonely Planet” Vitse Prezidenti Tom Brody tomonidan 2024-yil uchun “Oʻzbekiston — eng yaxshi sayohat maskani” nominatsiyasi gʻolibi boʻlganligi munosabati bilan maxsus sertifikat topshirildi.
Maʼlumot uchun: “Lonely Planet” — sayohat boʻyicha qoʻllanma va kitoblar nashriyoti boʻlib, 1973-yilda Avstraliyada tashkil etilgan kompaniya 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan. Kunlik kuzatuvchilari soni 15 mln. ga yaqin.
Joriy yilning 25-oktabr kuni 10 nafar davlatlar (Benin, Chili, Xorvatiya, Hindiston, Pokiston, Meksiko, Marokash, Sent-Lyusiya va Oʻzbekiston) orasida Oʻzbekiston nomzodi “Lonely Planet” nashriyoti ekspertlari tomonidan gʻolib deb topilgan.
“Lonely Planet” ekspertlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiston quyidagilar islohotlar uchun tanlangan:
“Oʻzbekiston boʻylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar oʻtgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qalʼa shaharlarini bogʻlab turgan tuya karvonlari oʻrnini tezyurar temir yoʻl va qulay ichki reyslar tarmogʻi egallagan boʻlsada, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yoʻli davrini eslatib turadi. Nurota togʻlarida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga choʻpon jamoalari hayotini koʻrsatadi”.
Mukofotlar haqida koʻproq maʼlumot quyidagi havolada keltirilgan:
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm koʻrgazmasida milliy stend bilan ishtirok etdi.
Anʼanaviy tarzda Oʻzbekiston milliy stendi ostida ishtirok etayotgan Turizm qoʻmitasi masʼullari tomonidan “World Travel Mart” xalqaro turizm yarmarkasida mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy davlatlar orasida keng targʻib qilish, xorijiy turizm sohasi maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida muzokaralar olib borildi.
Xususan, “BBC World News” kompaniyasining Yevrosiyo hududi rahbari S.Stanovkin bilan mamlakat turizm salohiyatini xalqaro maydonda targʻib qilish, “CNN”ning MDH hamda Osiyo mamlakatlari boʻyicha direktori I.Axmad va “Euronews” kompaniyasining xalqaro tijorat direktori K.Shtayn bilan xalqaro media maydonlarida Oʻzbekistonning yuksak madaniyati, boy tarixi va turizm salohiyatini yoritishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring