London derbisida kuchlar teng keldi
Kecha, 30-noyabr kuni Angliya Premyer ligasining 13-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Bridj”da oʻz hamshahari “Arsenal” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. 37-daqiqada “Chelsi” futbolchisi Kaysedo raqibning oyogʻini bosgani uchun maydondan chetlatildi.
Ikkinchi boʻlimning 48-daqiqasida mezbonlar oʻyinda hisobni ochdi. Galga Trevox Chaloba mualliflik qildi.
59-daqiqada esa “qizillar” hisobni tenglashtirdi. Mikel Arteta jamoasining javob goli Mikel Merino hisobiga yozildi.
Uchrashuv aynan 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyindan keyin, “aristokratlar” posboni Robert Sanchez oʻyin qahramoni deb topildi. “Sofascore” portali ushbu futbolchining harakatlarini 8,2 ballga baholadi.
“Chelsi” — “Arsenal” 1:1
Gollar: Chaloba (48) — Merino (59).
“Chelsi” — Sanches, Gyusto, Fofana, Chaloba, Kukurelya, Jeyms, Kaysedo, Fernandes, Estevao (Garnacho, 46), Netu, Pedro (Delap, 55).
“Arsenal” — Rayya, Timber, Moskera, Inkapi, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 46), Subimendi (Edegor, 57), Rays, Eze (Gokeresh, 72), Saka, Martinelli (Madueke, 57), Merino.
Chetlatish: Kaysedo (38).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring