“Liverpul” safarda magʻlubiyatga uchradi
Kecha, 24-yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 23-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidagi uchrashuvda “Liverpul” jamoasi Bornmut shahrida joylashgan “Vitaliti” stadionida shahar nomi bilan ataluvchi jamoa maydonida mehmon boʻldi.
Uchrashuvda hisob 26-daqiqada Evanilson tomonidan ochildi. Ordan 8 daqiqa oʻtib, Aleks Ximenes hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim asosiy vaqtining soʻnggi daqiqasida Virdjil van Deyk hisobni qisqartirdi.
Ikkinchi boʻlimning 80-daqiqasida Dominik Soboslai muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan beshinchi daqiqa oʻtib borayotgan bir paytda mezbonlar hujumchisi Amin Adli “Bornmut”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Shu tariqa, “Liverpul” klubining 13 ta oʻyin davom etgan magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring