“Liverpul” Londondan durang bilan qaytdi
Kecha, 4-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 20-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul” jamoasi Londonda “Fulhem” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuvda hisob 17-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Garri Uilson ushbu golga mualliflik qildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 57-daqiqasida Florian Virts “Liverpul”ning javob golini kiritdi. Taʼkidlash joizki, Virtsning barqaror boʻlmagan oʻyini futbol mutaxassislari tomonidan jiddiy tanqidlarga sabab boʻlayotgan, ayrimlar esa uni mavsumning eng omadsiz transferi deb atashayotgan edi. Germaniyalik futbolchi ushbu gol orqali mazkur mutaxassislarga munosib javob qaytardi.
Ikkinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda esa dastlab “Liverpul” jamoasi aʼzosi Kodi Gakpo gol kiritib, “mersisaydliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa oʻtib esa Xarrison Rid oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Shu tariqa bahs 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring