Limonchilikdan tropik mevalargacha
Toyloq tumanining Bunyodkor mahallasida yashovchi Nasiba Xoʻjamurodova va uning turmush oʻrtogʻi Xayrullo Baxronovlar bugungi kunda qishloq xoʻjaligida kichik maydondan samarali foydalanib, yuqori daromad olish mumkinligini amalda isbotlayotganlardan biri sanaladi.
Bu mehnatkash oila oʻz tomorqasidagi atigi 5 sotix issiqxonada 130 tup limon koʻchatini parvarish qilib, qisqa fursatda sezilarli natijaga erishdilar. Issiqxona sharoitida yetishtirilgan limonlar bugungi kunda oʻzining sifati va hosildorligi bilan ajralib turadi. Eng quvonarlisi, ular ilk hosildan 1 tonna limon yigʻib olishga muvaffaq boʻlishdi.
Yetishtirilgan mahsulot bozorga 30-35 ming soʻm narxda chiqarildi. Bu esa kichik maydonda ham toʻgʻri yondashuv, sabr va mehnat bilan yaxshi daromad qilish mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi. Oila aʼzolari barcha ishlarni oʻz kuchi bilan, yaʼni oilaviy mehnat asosida olib borayotganini alohida taʼkidlash joiz.
— Olinayotgan daromad kelajak uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda, — deydi Nasiba Xoʻjamurodova. — Hozirda issiqxonani kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tropik mevalar yetishtirish boʻyicha yangi loyihalar ustida ish olib bormoqdamiz. Bu esa nafaqat oilamiz daromadini oshirish, balki yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini ham beradi.
Mazkur tajriba shuni koʻrsatadiki, yerga mehr bilan yondashgan inson albatta uning samarasini koʻradi. Nasiba Xoʻjamurodova va uning oilasi kabi tashabbuskor dehqonlar yurtimizda qishloq xoʻjaligining rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda. Ularning bugungi muvaffaqiyati ertangi yirik loyihalarning mustahkam poydevoridir.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring