Lavrovning kiyimi muhokama markazida
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Alyaska shtati Ankorij shahridagi muzokaralarga “SSSR” yozuvi tushirilgan sport kiyimida keldi. U shu kiyimda “Rossiya 24” telekanaliga ham intervyu berdi.
“Bizda dalillar bor, aniq pozitsiyamiz bor va buni ochiq bayon qilamiz. Uitkoff kelganida prezident Tramp nomidan koʻp narsalarni aytgan. Umid qilamanki, bugun ushbu foydali suhbatni davom ettiramiz”, — dedi Lavrov suhbatda.
Rossiya OAV yozishicha, “SSSR” yozuvli kiyimlarni “Chelyabinsk Selsovet” brendi ishlab chiqaradi. Brend egasiga koʻra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday kiyimlarning katta partiyasini sotib olgan. Ayrim kuzatuvchilar esa Lavrovning ushbu kiyimidagi yozuvni muayyan siyosiy signal sifatida baholamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring