Laboratoriya tekshiruvida manfiy natija aniqlanmay turib shifoxonadan chiqarib yuborish mumkinmi?

15:04 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
910 0

Ushbu savolga AOKA zalida boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob qaytardi:

— Hozirda koronavirus kasalligi yengil va klinik belgilarsiz kechayotgan holatlarda birlamchi boʻgʻin tibbiyot xodimlari nazoratida uy sharoitida davolash amaliyoti mavjud.

Hatto bemor shifoxonada yotib davolanayotgan boʻlib, kasallik klinik belgilari yoʻqolgan boʻlsa hamda bemor oʻzini yaxshi his etayotgan boʻlsa, laboratoriya natijalari musbat boʻlsa ham, uyga javob berilishi mumkin.

Bunda holatlarda kasallikning uy sharoitida boshqa odamlarga yuqib qolishining oldini olishga qaratilgan talablar saqlanib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер