Kuzning ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

“Oʻzgidromet” 1-4-sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-3-sentyabrda 13-18 daraja, 4-sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2-sentyabrda 27-32 daraja, 3-4-sentyabrda 32-37 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, 1-sentyabrda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 va 3-sentyabrda 13-18 daraja, 2 va 4-sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2-sentyabrda 28-33 daraja, 3-4-sentyabrda 32-37 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1-sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 2-3-sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 4-sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 1-2-sentyabrda 31-36 daraja, 3-4-sentyabrda 33-38 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 2-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-3-sentyabrda 13-18 daraja, 4-sentyabrda 15-20 daraja, kunduzi 1-2-sentyabrda 28-33 daraja, 3-4-sentyabrda 30-35 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-3-sentyabrda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 4-sentyabrda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring