Kuzda koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. U qanchalik xavfli boʻladi?
Arxiv surat
Kuzda koronavirus pandemiyasi kuchayishi mumkin. Bu haqda Paster nomidagi Sankt-Peterburg Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Areg Totolyan aytib oʻtdi.
“Bunga psixologik jihatdan tayyor boʻlishimiz kerak”, deydi akademik.
Shuningdek, uning taʼkidlashicha, avvalroq Covid-19ga chalingan odamlar yana koronavirusni yuqtiradigan boʻlsa, bu safar ularda karantinga qatʼiy rioya qilganlarga nisbatan kasallikning yengilroq kechish ehtimoli bor ekan.
“Ammo hozircha mavsumiy infeksiyalarning Covid-19 bilan qanday birlashishi toʻgʻrisidagi qarashga ilmiy asoslangan javob berishga tayyor emasmiz”, deya qoʻshimcha qilmoqda Totolyan.
Uning taʼkidlashicha, kasallikning kechishi yana-da jiddiy yoki aksincha boʻlishi, yaʼni “oddiy koronavirus”ga qarshi antitanachalar “oʻzaro himoya”ni taʼminlashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring