Kursantlar Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻldilar
Bugun Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, oʻz mustaqil fikriga ega boʻlgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. U “Yoshlar kuni” doirasida yaqinda Vatanga qasamyod qilgan 1-bosqich kursantlarining Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlishlari munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʻbek tuman Kengashi raisi Nodirbek Shukurov kursantlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maqsad hamda vazifalari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, Ittifoqning bugungi kunda olib borayotgan faoliyati va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Tadbir davomida Yoshlar ittifoqiga aʼzo boʻlganliklari munosabati bilan 1-bosqich kursantlariga aʼzolik guvohnomasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi koʻkrak nishonlari Akademiya boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Davron Usmanov va Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʻbek tumani Kengashi raisi Nodirbek Shukurovlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring