Kredit limitini naqdlashtirib berishni vaʼda qilib, 1 milliarddan ortiq pul oʻgʻirlagan 20 yoshli fuqaro ushlandi
“Limitlash xizmati” niqobi ostida 1,03 milliard soʻmni oʻzlashtirgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqida OʻzA xabar berdi.
Unda aytilishicha, Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Telegram va Instagramda kredit limitini naqd pulga almashtirib berishni vaʼda qilib, fuqarolardan jami 1 milliard 32 million soʻmni oʻzlashtirgan shaxslar ushlangan.
Maʼlum boʻlishicha, Ohangaron tumanida yashovchi 2005-yilda tugʻilgan fuqaro B.N. va uning uch nafar sherigi “limitlash xizmati” nomli sahifa ochib, aldov yoʻli bilan pul mablagʻlari yigʻib kelgan. Ular oʻzlari rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritgan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumondorlarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring