Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya bu — mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat turidir. U jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladi. Soʻnggi yillarda bu illatga qarshi kurashish uchun qancha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida masʼul qoʻmitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilindi.
Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan aniq rejalar asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu yilning toʻrt oyida viloyatda 3253 ta jinoyat hisobga olindi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 146 foizga oshganini koʻrsatadi. Bularning 751 tasi aniqlanadigan, 1193 tasi oldini olish mumkin boʻlgan, 1309 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etadi. Ogʻir turdagi jinoyatlar 4,9 foizga, nomusga tegish 23 foizga, bosqinchilik 100 foizga, avtomobilni olib qochish 25 foizga kamaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan olib borilgan hamkorlik natijasida 90 ta jinoyat bartaraf etildi. Viloyatdagi 1126 mahallaning 697 tasi “yashil”, 334 tasi “sariq”, 95 tasi “qizil” toifaga kirib, jinoyat sodir boʻlgan mahallalar 429 tani tashkil qildi. Mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga kamaygan. Bunga masʼul 46 nafar ichki ishlar xodimi, 14 nafar mahalla raisi, 17 nafar hokim yordamchisi, 6 nafar yoshlar yetakchisi hamda 7 nafar xotin-qizlar faoli intizomiy javobgarlikka tortilib, 3 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan joriy yilda 48 nafar shaxsga nisbatan 28 ta jinoyat ishlari boʻyicha tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishlari sudlovga yuborildi. Tergov davomida aniqlangan, davlatga yetkazilgan 13 milliard soʻm zarar toʻliq undirilishi taʼminlangan. 144 ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari tergov qilinib, 210 nafar shaxs turli javobgarlikka tortilgan. Ularning 55 nafarini maktabgacha va maktab taʼlimi, 27 nafarini sogʻliqni saqlash, 17 nafarini bank tizimi, 9 nafarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, 8 nafarini mahalliy hokimiyat organlari xodimlari tashkil etadi. 23 nafar hokim yordamchisi, 5 nafar advokat, 7 nafar soliq sohasi xodimi korrupsion jinoyatga qoʻl urgan achinarlidir.
Viloyat prokuraturasi hamda hokimlik bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, sohalarni raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish, keng jamoatchilik bilan birgalikda profilaktik targʻibot ishlar olib borilmoqda. Viloyat soliq boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida oʻrganish oʻtkazilib, bir qator xato va kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, 2023-2025-yillarda tizim xodimlari tomonidan sodir qilingan jinoyatlar tahlil qilinib, unga imkon bergan holatlar bartaraf qilinmagani, sohada raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirishga yanada koʻproq eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Xodimlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy tekshirish, bu jarayonda belgilangan tartibni buzish va tadbirkorning faoliyatiga cheklovlar qoʻyilganligi boʻyicha aniqlangan holatlarga keskin choralar koʻrilishi maʼlum qilindi. Idoradagi kadrlar bilan ishlash, nopok xodimlardan sohani doimiy tozalash, mahalliychilik, urugʻ aymoqchilik va guruhbozlik holatlariga chek qoʻyish boʻyicha aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Viloyat prokuraturasi viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ga doirasida bandlikka koʻmaklashuvchi organlarni korrupsiyadan holi tashkilotga aylantirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada oʻtkazilgan tahlillar davomida sohada ayrim bandlik xizmati turlari raqamlashtirilmaganligi va ish jarayoniga inson omilini aralashuvi kabi tizimli muammolar mavjudligi aniqlandi. Shu bois bandlikka koʻmaklashuvchi organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish borasida mutasaddi idora va tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Viloyat prokuraturasi bilan joriy yil uchun tasdiqlagan qoʻshma yoʻl xaritasining 5-bandiga asosan hududlarimizda faoliyat koʻrsatuvchi davlat mehnat huquqi va mehnatni muhofaza qiluvchi inspektorlarni dasturiy taʼminot bilan taʼminlash borasida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga takliflar berildi. Vazirlikning amaliy qoʻllab-quvvatlashi natijasida Respublikada birinchi boʻlib Samarqand viloyati va tumanlarimizdagi davlat mehnat huquqi va mehnatni muhofaza qiluvchi inspektorlar planshetlar bilan taʼminlandi. Mazkur yoʻnalishni raqamlashtirish inspektorlarni ham vaqtini tejashga, ham qogʻozbozliklarga chek qoʻyishga, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olishga xizmat qiladi. Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish faqat tegishli organlarning emas, barchaning ishi boʻlishi zarur. Shundagina biz bu xavfni bartaraf etamiz.
Murodqosim ESHNAZAROV,
Samarqand viloyat prokurori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring