Koronavirusdan har 44 soniyada bir odam vafot etmoqda — JSST

22:14 07 Sentyabr 2022 Dunyo
1091 0

Arxiv surat

Oʻtgan haftada har 44 soniyada bir kishi COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus 7-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Shunga qaramay, JSST rahbarining taʼkidlashicha, butun dunyo boʻylab COVID-19 tufayli oʻlimlar soni asta-sekin kamayib bormoqda. Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yilning fevral oyidan boshlab haftalik oʻlim soni 80 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Gebreyesus bu tendensiya kelajakda ham davom etishiga kafolat yoʻqligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер