Koronavirus yana ikki mamlakatda aniqlandi
Foto: kp.ua
Koronavirus yana ikki mamlakatda aniqlandi
Hindiston va Filippinda Xitoyda pnevmoniya tarqalishiga olib kelgan yangi turdagi koronavirusning birinchi holatlari aniqlandi.
“Hindistonning Kerala shtatida Uxan universitetida tahsil olgan talaba kasal boʻlib qoldi. Bemor hozir kasalxonada boʻlib, shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholashmoqda”, deya xabar berdi mahalliy Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Filippinda esa 2019-nCoV koronavirusi 21-yanvar kuni Manilaga uchib kelgan 38 yoshli ayolda aniqlangan.
“Bemor ayni damda kasalxonada boʻlib, uning tanasida virus borligi Avstraliyada oʻtkazilgan laboratoriya sinovlari bilan tasdiqlandi”, deya maʼlum qildi “ABS-CBN News”.
Bungacha mazkur virus bilan bogʻliq holatlar Avstraliya, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Singapur, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Tailand, Yaponiya va AQSHda aniqlangani maʼlum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring