Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-895-son, 12.01.2024 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10-yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5-yilga, ikkinchi marta 10-yilga saylangan).
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring