“Kinokarvon”da qaysi filmlar namoyish etilmoqda?
Xabaringiz bor, yurtimiz boʻylab “Bir boʻlsak — yagona yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” yoʻlga chiqqan.
Xoʻsh, loyiha doirasida aholimizga qaysi filmlarni namoyish etmoqda? Mazkur savol bilan “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov bilan bogʻlandik.
“Tadbirlar eng chekka hududlarida olib borilmoqda. Maqsadimiz ushbu karvon orqali qadriyatlarimiz unutmaslikka chorlash, yoshlarni bilimga qiziqtirishdan iborat.
Tadbirlarimiz davomida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Abdulla Oripov”, “Quyosh taʼmi”, “Sudya”, “Doktor Abdullayev”, “Yakshanba”, “Osmondagi bolalar 3”, “Evrilish”, “Dada degin”, “Oʻzbek qizi” kabi filmlar namoyish etiladi. Kinokartinalar orasida yosh kinoijodkorlarning ham asarlari mavjudligi bizni quvontiradi.
Filmlarda ota-onaga hurmat, bilim olishga boʻlgan zarurat hamda kasbga boʻlgan muhabbat alohida aks ettirilgan”, deydi Husanov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring