Kim Chen In sinov tariqasida Yapon dengiziga ballistik raketalar uchirdi – BILD
Shimoliy Koreyada navbatdagi ballistik raketa sinovi amalga oshirildi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Janubiy Koreya bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, Pxenyan yaqinidan kamida ikkita ballistik raketa uchirilgan boʻlib, ular Yapon dengizi tomon taxminan 350 kilometr masofani bosib oʻtgan.
Yaponiya sohil qoʻriqlash xizmati ham raketa uchirish holatini tasdiqlagan. Hozircha raketalarning aniq turi va umumiy soni rasman maʼlum qilinmagan.
“Yonhap” axborot agentligining xabar berishicha, mazkur raketa sinovlari Kim Chen In rejimi tomonidan kuch namoyishi sifatida baholanmoqda. Sinovlar KXDR ishchilar partiyasining fevral oyida boʻlib oʻtishi kutilayotgan navbatdagi qurultoyidan bir necha hafta oldin amalga oshirilgan. Ushbu qurultoyning oʻtkazilish sanasi hozircha maʼlum qilinmagan.
Maʼlumot uchun, ballistik raketa sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan qabul qilingan bir qator rezolyutsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri zid hisoblanadi. Seul va Tokio hududdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishini hamda ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlikda harakat qilishini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring