Kichik sexdagi katta yutuqlar
Foto: “Xalq soʻzi”
Ishli boʻlish faqat moddiy daromad topish manbaigina emas. Bu kishining hayotiga mazmun bagʻishlaydigan, uni yangi-yangi rejalar, maqsadlar sari boshlaydigan vosita hamdir.

Qamashi tumanining Zafar mahallasida yashovchi Surayyo Allamurodova ham bundan ikki yil avval uyda ishsiz, daromadsiz oʻtirgan boʻlsa, bugun hududdagi eng faol tadbirkor ayollardan biriga aylangan. Oldida amalga oshirmoqchi boʻlgan ishlari, yangi-yangi rejalari, maqsadlari bisyor.

— Yoshligimda tikuvchilik hunarini egallagan boʻlsamda, bu faoliyat bilan deyarli shugʻullanmagan edim, — deydi u. — Ammo ayol kishining uyda bekor oʻtirishi ham qiyin ekan. Oʻtgan yili roʻzgʻorga qoʻshimcha daromad boʻlar, degan ilinjida uyda koʻrpa, koʻrpacha tikib sotishni boshladim. Ishim tezda rivojlanib ketdi, koʻplab buyurtmalar ola boshladim. Bu meni faoliyatimni yanada kengaytirishga undadi. Shu maqsadda koʻrpa, koʻrpacha qavishda foydalaniladigan zamonaviy texnologiya, yangi tikuv mashinalari xarid qildim. Yana uch nafar chevar ayolni ishga chorladim.
Ayni paytda Surayyo Allamurodovaning uyi yonidagi kichik sexida kuniga 100 tadan ortiq koʻrpa-koʻrpacha tayyorlanmoqda. Eʼtiborli tomoni, tayyorlagan mahsulotning barchasini Toshkent shahridagi savdo shoxobchalaridan biri xarid qilayotgan ekan. Bundan tashqari, tumanning oʻzidagi tadbirkorlar, aholidan ham buyurtmalar koʻp, lekin barchasiga ulgurish imkonsiz. Bu esa tadbirkorni faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishga ilhomlantirmoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring