Xususiy bogʻcha tarbiyalanuvchisi tok urishi oqibatida halok etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda viloyatidagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birida bir yarim yashar tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur xabarni tasdiqlab, ayni paytda holat nazoratga olingani va tezkor oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan YATT “Xolboyeva Oʻlmas Uzoq qizi” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 2023-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi Sh.Sh.ning vafot etganligi aniqlandi.
“IIB tomonidan bolaning oʻlim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring