Xo‘jaylidagi gaz quvurida katta yong‘in kelib chiqdi
Videodan kadr
2023 yil 4 iyun kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan o‘tuvchi gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hokimlik xabarida yozilishicha, shu kuni soat taxminan 19:00 da Xo‘jayli tumanidan o‘tuvchi, Nukus tumanini gaz bilan ta’minlab turuvchi diametri 530 mm bo‘lgan gaz quvuridan gaz sizib chiqishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng, "Urganchtransgaz"ga tegishli gaz quvuridan kelayotgan gaz vaqtincha to‘xtatilgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring