Xotira xiyoboni taʼmirlandi, yodgorlik majmuasi yangilandi

16:15 14 Mart 2025 Jamiyat
197 0

Rustam NURMATOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80-yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylarini xotirlashga qaratilgan tadbirlar yuqori saviyada oʻtkazilishi belgilangan.

Yangiobod tumanining Sovot qishlogʻidagi Ikkinchi jahon urushi qahramoni Joʻraxon Usmonov xotira xiyobonini taʼmirlash uchun qariyb 1,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy xotira lavhalari oʻrnatildi, yodgorlik majmuasi yangilandi va hudud koʻkalamzorlashtirildi.

Xotira xiyobonining ochilishiga bagʻishlangan marosimda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, mehnat faxriylari, mahalla faollari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Shu zaminda kamolga yetgan Joʻraxon Usmonovning jasorati yodga olinib, urush qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?