Xoshimin — Toshkent — Xoshimin yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyiladi
Vyetnamning VietJet Air aviakompaniyasi Xoshimin — Toshkent — Xoshimin yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda. Aviatashuvchi va “Uzbekistan Airports” oʻrtasida yerda xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli shartnoma imzolandi. Birinchi charter reysi 2023-yil 2-mayga belgilangan.
Parvozlar 367 yoʻlovchiga moʻljallangan qulay A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.
VietJet Air — Vetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy, xalqaro arzon aviakompaniya, shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan. VietJet Air besh yil davomida (2017-2021-yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida eʼtirof etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring