Xorijiy ekspertlar Oʻzbekistonning sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 10 milliard dollarga baholamoqda

13:42 21 Oktyabr 2025 Siyosat
166 0

2030-yilda sunʼiy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar Oʻzbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada koʻp ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sunʼiy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qoʻshayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini koʻryapti. Bizda ham shuni qilsa boʻladimi? Albatta, boʻladi”, – dedi Prezident.

Masalan, tarmoqlardagi koʻplab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sunʼiy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi taʼkidlandi.

Adliya, soliq idoralari sunʼiy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qoʻmitasi sunʼiy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yoʻlga qoʻydi. Geologiyada ham sunʼiy intellekt yordamida videotahlil tizimini yoʻlga qoʻyib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish boʻyicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning oʻzidan yiliga 20 million dollar qoʻshimcha daromad keltiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер