Xorazmga kitoblar karvoni keldi
Illyustrativ surat.
Urganch shahrida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasidagi “Kitoblar karvoni” tantanali kutib olindi.
Urganch shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi xodimlari, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari, faol yoshlar, yosh kitobxonlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, taʼlim muassasalari kutubxonalarini badiiy hamda oʻquv adabiyotlari bilan muntazam taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz bordi. Prezidentimizning 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilayotgani alohida taʼkidlandi.
— “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovida ishtirok etish uchun tayyorgarlik koʻryapman, — deydi Urganch shahridagi 21-son ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan maktab oʻquvchisi Gulasal Kenjayeva. — Bugun maktabimiz kutubxonasiga sovgʻa qilinayotgan kitoblar orasida men sevgan buyuk adiblarning asarlari borligini koʻrib, juda quvondim. Maktabimiz kutubxonasi yanada boyiganidan xursandmiz. Tengdoshlarim bilan birgalikda bu asarlarni albatta oʻqib chiqamiz.
Viloyatga keltirilgan 36 nomdagi 20 ming nusxa kitoblar oʻz manzillariga yetkazildi. Ularni umumtaʼlim maktablari jamoalari, oʻquvchilar katta quvonch bilan kutib oldilar.
Odilbek Odamboyev (“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring