Xizmat uyini narkolaboratoriyaga aylantirgan profilaktika inspektori qoʻlga olindi (+video)

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida narkotik moddalar savdosi bilan bogʻliq holatlar fosh etildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, oldindan kuzatuvga olingan, Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektorining xizmat xonadoni koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv natijasida, inspektor ushbu xonadonda narkolaboratoriya tashkil etganligi aniqlanib, oʻrami bilan jami 10 kg 500 gr “Alfa-PVP” va 4 gr “Spays” sintetik narkotiklari hamda giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan 588 gr suyuqlik, asbob-uskunalar, elektron tarozi borligi maʼlum boʻlgan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, profilaktika inspektorning Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi doimiy yashash xonadoni tekshirilganda, yerga koʻmib, yashirib qoʻyilgan taxminiy ogʻirligi 430 gr boʻlgan “Alfa-PVP” narkotik moddasi borligi aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, ichki ishlar xodimi “Telegram” messenjeri orqali sintetik giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi profil egasi topshirigʻi asosida narkokurerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga olib kelingan moddalarni qabul qilib olib, yashirin laboratoriya sharoitida ajal ogʻusini tayyorlab, tarqatish bilan shugʻullangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa narkotik moddalarni “zakladka” tarzida tarqatib, sotish bilan shugʻullanib kelayotgan Angren shahrida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining 2001-yilda tugʻilgan jinoiy sherigidan 971 gr “Katinon” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Qonunchilikka muvofiq har ikki holat boʻyicha ham gumondorlarga nisbatan 10-yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring