Xitoyliklar Oʻzbekistonda yana ikkita “yashil” elektr stansiyasi quradi

Xitoy ishtirokida Oʻzbekistonning ikki hududida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish reja qilingan. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida vazirlik hamda Xitoy kompaniyalari oʻrtasida “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan investitsiya bitimi imzolandi.
Xususan, “SANY Renewables International Investment” kompaniyasi bilan Qoraqalpogʻistonda shamol elektr stansiyasini qurishga kelishildi. Uning quvvati 1000 MVtni tashkil etadi.
Ikkinchi loyihada “Liquip International” kompaniyasi bilan Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurishni rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joiz, 2030-yilga qadar mamlakatda 19 ming MVt “yashil” quvvatlarni barpo etish orqali qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring