Xitoy koronavirus pandemiyasi yakunlanish muddatini aytdi
Foto: ria.ru
Xitoy Xalq Respublikasining sogʻliqni saqlash boʻyicha davlat qoʻmitasi maxsus mutaxassislar komissiyasi boshligʻi Chjun Nanshan jahondagi koronavirus pandemiyasi iyun oyiga kelib yakunlanishi mumkinligini bildirdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bu mamlakatlardan Covid-19 koronavirusi pandemiyasiga qarshi kurash uchun barcha kuchlarini safarbar qilishni talab qiladi. Uning fikricha, bunday sharoitda gʻalaba qozonish uchun bir necha oy kerak.
“Men barcha davlatlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining koʻrsatmalariga amal qilishga va mamlakat miqyosida harakat qilishga chaqiraman“, — dedi Chjun Nanshan.
Uning fikricha, issiq oylarning boshlanishi virus tarqalishini sekinlashtirishi mumkin.
Chjun Nanshan koronavirus pandemiyasi baʼzi davlatlar virus xavfini jiddiy qabul qilmasa va kerakli nazorat choralarini koʻrmasa, yana davom etishi mumkin, degan fikrni ham bildirdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoning 110 dan ortiq davlatida jami 125 ming kishi yuqtirgan, 4625 kishi vafot etgan, 68 mingdan ortigʻi tuzalib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring