Xitoy AQSHning ayrim turdagi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

Arxiv foto
Xitoy AQSHdan kelgan baʼzi optik tolali mahsulotlarga antidemping bojlari joriy qildi. Bu haqda Xitoy Savdo vazirligi bayonotida maʼlum qilindi.
Avvalroq Xitoy Savdo vazirligi 2025-yilning 4-martida dempingga qarshi choralarni chetlab oʻtishda gumon qilinib, AQSHdan olib kelingan toʻlqin uzunligi oʻzgartirilgan bir rejimli optik tola boʻyicha tekshiruv boshlashini maʼlum qilgandi.
Xitoy vazirligi bayonotiga koʻra, tekshiruv natijalariga koʻra, joriy yilning 4-sentyabridan boshlab AQSHdan kelgan ayrim optik tolali mahsulotlarga antidemping bojlari joriy etilishiga qaror qilingan. Taʼkidlanishicha, gap oʻzgaruvchan toʻlqin uzunligiga ega bir rejimli optik tola haqida ketmoqda.
Xususan, “Corning Incorporated” kompaniyasining tegishli mahsulotlariga 37,9, “OFS Fitel”ga 33,3, “Draka Communications Americas”ga 78,2 foiz miqdorida bojlar belgilangan. AQSHning boshqa kompaniyalarining tegishli mahsulotlariga 78,2 foizlik antidemping boji qoʻyiladi. Bojlar 2028-yilning 21-apreligacha amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring