Xatirchida lalmikor yerlarga suv chiqarilmoqda
Nurota togʻ tizmalarining oftobroʻy etaklarida xatirchiliklar azal-azaldan lalmikor dehqonchilik bilan shugʻullanishgan. Biroq iqlim oʻzgarishi ziroatchilikning bu yoʻnalishida oʻzini oqlamay qoʻyganiga ancha boʻldi. Natijada yuzlab tomorqa egalari daromadsiz va minglab aholi ishsiz qoldi.
Prezidentimizning 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarorida Xatirchi tumanidagi lalmi yerlardan unumli foydalanish, ularni sugʻoriladigan maydonlarga aylantirish vazifalari belgilanishi oʻnlab hududlardagi aholiga quvonch bagʻishladi.
— Mazkur qarorga muvofiq “Koʻksaroy” mahallasi hududidagi foydalanilmayotgan 300 gektar yer maydonida mevali bogʻ va uzumzorlar tashkil etilmoqda, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Abdumalik Yusupov. — Shu maqsadda 10 ta tik quduq qazilib, 10 ta transformator oʻrnatish hamda 3 270 metr elektr tarmoqlarini tortish ishlari bajarildi.
Shuningdek, aholiga ijara asosida ajratilgan 370 gektar yer maydonlariga suv chiqarish va suv taʼminoti ogʻir boʻlgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida 15 dona tik quduq qazish, 15 dona transformator oʻrnatish hamda 13 kilometr elektr tarmogʻini tortish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, aholiga ijara asosida berilgan 600 gektar yaylov yerlarida bogʻlar, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi. Bu yoʻnalishda ham 30 ta tik quduq qazish, 13 ta transformator oʻrnatish va 51 kilometr elektr tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, tumanda 1 270 gektar lalmi yer oʻzlashtirilib, bogʻlar, uzumzorlar va poliz ekinzorlari barpo etiladi. Eng muhimi, shu bilan mashhur brendga aylangan Uchqora mayizi va Koʻksaroy anorlari bozorlarimizda yanada koʻpayishi shubhasiz.
Temur ESHBOYEV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring