Xalqimiz qalbining musavviri
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Ayni kunlarda Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Oʻzbekiston xalq rassomi Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev (1954-2015) tavalludining 70-yilligi munosabati bilan “Men oʻzbekning musavviriman” nomli xotira koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.
Koʻrgazmada rassom asarlaridan namunalar, hayotining nurli onlari, oila davrasidagi zavqli lahzalar, qizgʻin ijod jarayoni aks etgan fotosuratlar, faoliyati bilan bogʻliq ashyolar namoyish etilmoqda.
Namoyishga qoʻyilgan eksponatlar Jaloliddin Mirtojiyevning yuksak mahoratidan dalolat berishi bilan birga, ijodkor chin maʼnoda xalqimiz qalbining, milliy gʻururining ifodachisiga, ulugʻ ajdodlarimiz siymosi meʼmoriga aylanganini koʻrsatadi.

Zotan, poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Zulfiya, Oybek, Beruniy, Said Ahmad va Saida Zunnunova, Andijondagi Bobur va Choʻlpon, Samarqanddagi Rudakiy va Mirzo Ulugʻbek, Buxorodagi Fitrat, Gʻazalkentdagi Elbek haykallari, poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod”, Jizzax, Andijon va Fargʻonadagi “Motamsaro ona” monumentlari aynan Ravshan Mirtojiyev va uning shogirdlari tomonidan ishlangan loyihalardir.
Haykaltarosh koʻz nuri, qalb qoʻridan bunyod boʻlgan asarlar dunyoning Moskva, Riga, Parij, Qohira, Boku, Shanxay, Tokio, Frankfurt kabi yirik shaharlarida ham qad rostlab turibdi.











Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring