“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?
1. Yoʻl muammosi Soʻx tumani uchun yillar davomida eng ogʻriqli masala boʻlib qolayotgandi. Gap shundaki, jugʻrofiy jihatdan Qirgʻiziston ichida joylashgan anklav — Soʻxning zahmatkash aholisi chegaradan oʻtish mashaqqatini oʻz boshidan kechirgan. Shu bois ular Soʻx — Rishton avtomobil yoʻlining tiklanishiga doim umid qilib kelishardi. Xoʻsh, hududdagi shu va boshqa muammolar qanday hal qilinmoqda? Jurnalist Muhammad Shodiyevning “Yoʻli ochiqning baxti ochiq Soʻx tumani aholisi yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlardan behad mamnun” sarlavhali maqolasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ochib berilgan.
2. Tabiatni asrash, atrof-muhit musaffoligini taʼminlash bugungi davrning eng muhim va dolzarb masalalardan sanaladi. Aholi salomatligini mustahkamlash, xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni taʼminlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha kuni kecha Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu masalalar keng muhokama qilindi. “Atrof-muhit musaffoligini taʼminlash bugungi ish tutumimizga, saʼy-harakatlarimizga bogʻliq” sarlavhali maqolada bu borada soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari bayon etilgan.
3. Kredit-modul, bu — qanday tizim? U qanday afzalliklarga ega? Xoʻsh, bugun va kelajak uchun mazkur mexanizm qay darajada foyda keltiradi? U yangi Oʻzbekistoning strategik maqsadlariga qanchalik mos? Mazkur savollarga Guliston davlat universiteti dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Abubakr Muhammedovning “Kredit-modul tizimi talabalarning mustaqil taʼlim olishiga keng yoʻl ochadi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolada atroflicha maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
4. «Yoshlar 2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzuidagi Samarqand xalqaro forumi qizgʻin muhokamalar ruhida yuksak saviyada oʻtdi. Unda qator masalalar qatorida Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya loyihasi muhokama qilindi. Xoʻsh bu qanday konvensiya, u yoshlarning huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qila oladimi? “Yoshlar huquqlari xalqaro miqyosda himoyalanadi” sarlavhali maqolada bu haqda atroflicha tanishasiz.
5. Mamlakatimizda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi musulmon davlatlari tomonidan katta xursandchilik bilan qabul qildi. “Imom Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur oʻrganish milliy, diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbusdir” sarlavhali maqolada mazkur markazni tashkil etishdan maqsad, unda olib boriladigan tadqiqotlar yuzasidan soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.
6. Xususiy bandlik agentligi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Mazkur agentlikning yana qanday vazifalari bor? Bu haqda “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi”gi Qonunda batafsil tanishish mumkin.
7. “AQSHning maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Oʻzbekistonda diniy erkinlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi”. “Xalq soʻzi” muxbiri Shavkat Ortiqov tomonidan yozilgan mazkur maqolada AQSHning diniy erkinlik masalalari oʻyicha maxsus elchisi Sem Braunbek mamlakatimizda diniy erkinlikni taʼminlash yoʻlidagi ishlarga yuqori baho bergan va buni bir nechta misollar bilan izohlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring