“Xalq soʻzi” gazetasining bugungi sonida nimalar chop etildi?

10:00 28 Avgust 2020 Jamiyat
1170 0

1. Taʼlim, adabiyot, madaniyat, fan, taʼlim, OAV va tibbiyot sohasi vakillaridan kimlar qanday davlat mukofotiga munosib koʻrildi? Gazeta sahifalaridan joy olgan Prezident Farmonlaridan bu haqda bilib olishingiz mumkin.

2. «Boʻstonliq tumanida alohida maʼmuriy-boshqaruv tizimi joriy etiladi». Hududda yana-da qanday yangiliklar boʻlishi haqida Prezidentimizning “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tanishgach toʻliq maʼlumotga ega boʻlasiz.

3. Yangi shaharsozlik kodeksi. Yer uchastkasi dehqon xoʻjaliklariga ijara asosida beriladi. Qonun loyihasi nega qaytarildi? Bular haqida bilishni istasangiz “Taklif va tahlillar qonunchilikni takomillashtirishda muhim omil” sarlavhali maqolani oʻqing.

4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qanday kamchiliklarga yoʻl qoʻygan? Ushbu savolga “Zimmamizdagi asosiy vazifa — xalqimizning roziligi” maqolasini mutolaa qilib javob topasiz.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Qonun ustuvorligi va adolat tantanasini taʼminlash yoʻlida” sarlavhali maqolasidan ham mamlakatimizda aholi turmush darajasini oshirish borasida qilinayotgan ishlar, xususan, prokuratura tizimidagi islohotlar haqida oʻqiysiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер