“Xalq Nazorati” portaliga 22 mingdan oshiq murojaat kelib tushdi

18:22 11 May 2025 Jamiyat
266 0

Illyustrativ foto

2025-yil 8-may holatiga koʻra, xalqnazorati.uz platformasi orqali jami 22 746 ta murojaat qabul qilingan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, eng koʻp murojaatlar Yunusobod va Mirzo Ulugʻbek tumanlari aholisi tomonidan yuborilgan.

Murojaatlarning 55 tasi portal qoidalari buzilgani yoki boshqa murojaatni takrorlagani sababli rad etilgan. XUJMSH va boshqaruv kompaniyalari faoliyati boʻyicha 7087 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 93,4 foizi, yaʼni 6611 tasi hal etilgan.

Murojaatlarning 31,2% qismi uy-joy kommunal xoʻjaligi muammolari, 27,3 % qismi yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari asfalt qoplamasining holati yuzasidan va 9% qismi obodonlashtirish, shuningdek, 3% i ekologik masalalar bilan bogʻliq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?