Xalq dardi tarannum etilgan toʻplam

09:47 24 Sentyabr 2019 Madaniyat
1311 0

Isteʼdodli yozuvchi Zokir Xudoyshukurning “Tuzoq” nomli qissa va hikoyalar toʻplami nashrdan chiqdi.

“Tuzoq” ijodkorning avvalgi kitoblaridan birmuncha baland va badiiy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Kitobni mutolaa qilarkansiz, voqealar xalq ohanglariga hamohang ekanligiga guvoh boʻlasiz. Ayniqsa, ogʻzaki ravishda ogʻizdan-ogʻizga oʻtib kelayotgan voqeanomalar oʻquvchini befarq qoldirmaydi. Aksincha, kishida qiziqish uygʻotadi, tariximizning noyob durdonalarini bilishga chorlaydi. “Tuzoq” va “Oq oʻtovning mungli oʻlani” qissalari hamda “Kayvoni momom choʻpchaklari” turkumidagi va boshqa hikoyalari ana shunday xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Zero, ushbu toʻplamda xalqning dardi tarannum etilgan.

Kitob Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Adadi besh ming nusxa.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?