Kelasi yil Sirdaryoga 100 million dollar ajratiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sirdaryoda bogʻcha, maktab, shifoxona oʻrinlarini koʻpaytirish, elektr, suv, kanalizatsiya va yoʻllarni yaxshilash boʻyicha ham ijobiy oʻzgarishlar boʻlgani qayd etildi.
Xususan, shu yilning oʻzida Sirdaryo aholisining turmushini yaxshilash uchun 100 million dollar berildi. Natijada 47 ta maktab, 45 ta bogʻcha, 31 ta tibbiyot muassasasi, 5 ta sport va madaniyat maskani toʻliq taʼmirdan chiqarilib jihozlandi.
Shuningdek, 87 kilometr tarmoq tortilgani uchun Guliston shahridagi 22 ming xonadonga ichimlik suv uzluksiz boryapti.
Yil yakunigacha yana 9 kilometr yangi tarmoq oʻtkazilib, Mirzaobod, Sardoba, Boyovut, Xovos tumanlari va Yangiyer shahridagi 12 ming xonadon doimiy ichimlik suv bilan taʼminlanadi.
Bu ishlar davom ettirilib, viloyatdagi elektr, yoʻl, suv, kanalizatsiya va boshqa infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun kelasi yil yana 100 million dollar ajratilishi belgilandi.
“Xalqimiz yaxshi yashasin, farzandlari zamonaviy bilim va kasb egallasin, daromadi koʻpaysin deb harakat qilyapmiz. Men aminman, yana bir-ikki yil qattiq izlansak, Sirdaryoda juda katta oʻsish, rivojlanish boʻladi.
Viloyatda mana shunday ishlarni tashkil qilish uchun qatʼiyatli, talabchan, eng asosiysi, aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topadigan salohiyatli rahbar kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring