Keksalarga ehtirom koʻrsatilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Har insonning boshida keksalik bor. Keksa dil esa ozgina gʻamxoʻrlikdan togʻdek koʻtariladi. Shu bois mamlakatimizda nuroniy otaxonu, moʻtabar onaxonlarimizni qadrlash, ularning hayot zavqini tugal his etishlari uchun bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda oʻtkazilayotgan “Keksalar turizm oyligi” ham shular jumlasidandir.

Mazkur oylik doirasida “Nuroniy” jamgʻarmasi Navoiy viloyati boʻlimi tomonidan keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarning yurtimizning dilbar goʻshalariga sayohatlari uyushtirildi.

— Yil boshidan buyon salkam 17 ming nafar nuroniylar tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatlarni tashkil etilgan boʻlsa, ushbu oylik doirasida 26 ming nafar nuroniylarimizning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayohatlarini uyushtirdik, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi Navoiy viloyati boʻlimi mutaxassisi Saʼdulla Istamov. — Shu maqsadda viloyatimizning har bir tuman va shaharlariga 3 tadan, jami 33 ta avtobus ajratilib, hozirgi kunga qadar 43550 nafar nuroniy sayohati tashkil etildi.
Ushbu oylik doirasida nurotalik keksalardan bir guruhi yaqinda Buxoro shahrida boʻlishib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bilan birga shahardagi bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdilar.

— Buxoroga soʻnggi marta 2015-yilda borgan edim, — deydi keksa jurnalist Abdumutal Norboyev, — Bu safargi kelishimda ochigʻi oʻzgarishlarni koʻrib, tanimay qoldim. Albatta, bu yangilanishlar yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning samarasi.
Taʼkidlash joiz, mazkur oylik mundarijasi faqat sayohatlardangina iborat emas. Uning doirasida 877 nafar 1-guruh nogironligi boʻlgan keksalar hamda 188 nafar shifoxonada davolanayotgan nuroniylar, 274 nafar yakka-yolgʻiz keksalarning holidan xabar olindi. 245 nafar keksa kishilar xonadonlarida hashar oʻtkazildi. Shuningdek, 435 ta “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning oʻrni”, “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” mavzularida konsert dasturlari, ikki avlod uchrashuvlari uyushtirilib, “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlari tashkil etildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring