Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Keksalar reyestri”da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha “0” balldan “62” ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.
“Keksalar reyestri”, keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tajribasi xususida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Farhod Qulmamatov quyidagilarni gapirib berdi:
— Dastlab “Keksalar reyestri” haqida toʻxtalsak. Ushbu reyestr uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish — bu davlat tomonidan yolgʻiz, qariya, nogironligi boʻlgan yoki oʻzini oʻzi toʻliq taʼminlay olmaydigan keksalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan ijtimoiy tashabbusdir. “Keksalar reyestri” mahalliy hokimiyatlar va tegishli davlat idoralari tomonidan shakllantiriladigan maxsus roʻyxat boʻlib, unda yordamga muhtoj keksa fuqarolar haqida maʼlumotlar jamlanadi.
Uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari esa shunday keksalarga ularning uylariga borib, turli xizmatlarni koʻrsatishni anglatadi.
Asosan, qanday xizmatlar koʻrsatiladi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Tibbiy xizmatlar qon bosimini, qand miqdorini tekshirishdan tortib, reabilitatsiya, yaʼni jismoniy mashqlar yordamida sogʻliqni tiklashgacha boʻlgan jarayonlarda keksalarga koʻmaklashiladi. Bu tizim orqali keksa yoshdagilarga munosib hayot tarzi yaratiladi, ularning ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshilanadi, qariyalar ijtimoiy hayotdan chetda qolmaydi.
Assistentlar xizmatiga qoʻshimcha ravishda shifokor va hamshiralarni biriktirish tajribasi qisqa vaqt ichida oʻz samarasini berdi. Xususan, “Keksalar reyestri”da turuvchi besh nafar hamyurtimiz ayni paytda ushbu xizmatlar bahramand boʻlishmoqda. Ularning qoʻllariga ergoterapiya, yelka tirsak boʻgʻimi kontrakturasiga qarshi yengil uqalash va bukib-yozuvchi mashqlari, vibromassaj kabi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatilyapti.
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etilishi sogʻlom ijtimoiy muhit uchun juda muhim qadam. Bu xizmatlar mamlakatimizda har bir inson eʼtiborda ekanining amaldagi yana bir tasdigʻidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring