Kecha tunda Toshkentda elektr tarmogʻida chaqnash sodir boʻldi

14:13 11 Iyun 2024 Jamiyat
511 0

Foto: Videodan kadr

Kecha, 10-iyun kuni tunda Toshkent shahar Yunusobod tumanida kuchli chaqnash sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga koʻra, 10-iyun kuni kech soat 23:59 da Yunusobod tumani hududida joylashgan podstansiya “Aksa”dan podstansiya “Sokin”gacha uzunligi 13 kmga yaqin boʻlgan 110 kVli L-Sokin-1 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi eski simlar yangi zamonaviy rusumdagi havo tarmogʻiga almashtirish ishlari olib borilgan.

Tunda taʼmirlash ishlari yakunlangach 110 kVli havo tarmogʻiga kuchlanish berilganda, hududdagi 25-ustun (opora)dagi eski farfor chigʻanoq muddati oʻtganligi bois yuqori kuchlanishda singan.

“Ayni vaqtda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli ustunlardagi farfor chigʻanoqlar yangi shisha chigʻanoqlarga almashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, tuman hududida 110 kVli havo tarmogʻi orqali elektr energiyasidan uzilishlar yoʻq, hudud toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?