Katta toʻlqin hali oldinda — Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar haqida navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Oq uy rahbari “CNN” telekanaliga bergan intervyusida Amerika harbiylari hamon Eron hududiga zarbalar berayotganini taʼkidlagan.
“Biz ularni yoʻq qilyapmiz, jarayon juda yaxshi ketyapti. Bizda dunyodagi eng kuchli harbiy salohiyat bor va biz undan samarali foydalanmoqdamiz”, — degan Tramp.
Shuningdek, Tramp Eron xalqiga yordam masalasiga toʻxtalib oʻtar ekan, hozirgi vaziyatda asosiy eʼtibor harbiy operatsiyalarga qaratilganini bildirgan.
“Ha, biz yordam beramiz. Lekin hozir hamma uyda qolishi kerak. Tashqari xavfli”, — degan u.
Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar rahbari Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini istisno etmagan.
“Hozircha Eronga nisbatan asosiy harbiy harakatni boshlaganimiz yoʻq. Katta toʻlqin hali oldinda. Baʼzilar urush tez orada yakun topishini, bir hafta ichida zerikib qolishimni aytmoqda. Men zerikmayman, shunday boʻlgan taqdirda hozir bu yerda boʻlmasdim”, — degan Oq uy rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring