Kasbim — taqdirim
Ancha yillardan beri Past Dargʻom tumani Ichki ishlar boʻlimiga qarashli 1-sonli ichki ishlar boʻlinmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhida profilaktika katta inspektori sifatida “Ilm” mahallasida xizmat qilaman. Bu mahallada ishlash — katta ishonch, ulkan masʼuliyat, kunu tun bedorlikdir.
Jamiyatda tartib va osoyishtalikni taʼminlash oson ish emas. Shu bois profilaktika inspektori aholi uchun eng ishonchli himoyachidir. Men xizmat qilayotgan mahallada 5 668 nafar aholi, 1 158 ta oila istiqomat qiladi. Ularning tinchligi, qoʻni-qoʻshnichilik munosabatlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish — biz uchun kundalik vazifaga aylangan.
Bu kasb katta fidoyilikni talab qiladi. Kunduz ham, tun ham mahallamizning xavfsizligi uchun masʼulmiz. Bugun mahallamizda tartib qatʼiy, aholining qonunlarga boʻlgan hurmati va daxldorligi ortib bormoqda. Faoliyatimiz faqat huquqbuzarliklarning oldini olish bilan cheklanmaydi, bolalar va yoshlar bilan muntazam ish olib boramiz. Maktabga borayotgan oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatamiz. Shu orqali qoidabuzarliklarni kamaytirib, aholining maʼnaviyatini ham yuksaltirmoqdamiz.
Har bir inson oʻz mehnati orqali kamol topadi. 2026-yil 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Prezident farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandim. Bu — kamtarona xizmatimga berilgan nafaqat yuksak eʼtirof, gʻurur, balki yanada katta masʼuliyat ham demakdir.
Albatta, uyqusiz tunlar va qiyinchiliklar ham boʻldi. Ammo bu sinovlar hech qachon meni choʻchitgan emas. Kasbim — taqdirim. Har bir xizmatimiz odamlar hayoti, tinchlik va osoyishtalik uchun qaratilgan. Qoʻlga kiritilgan ushbu yuksak mukofot zimmamga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Qasamyodimga sodiq qolgan holda bor kuch-gʻayratim bilan Vatanimizga xizmat qilishda, tinchlik uchun qalqon boʻlishda davom etaman.
Asliddin SULTONOV,
Past Dargʻom tumani “Ilm” mahallasi
profilaktika inspektori,
“Shuhrat” medali sohibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring