Kanalga miniGES oʻrnatildi
Muqobil elektr quvvati ishlab chiqarish borasidagi izlanishlar Mingbuloq tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “Rah Abrisham trade” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonada yangi tarmoqni yoʻlga qoʻyish imkonini berdi. Tadbirkorlik subyekti hududdan oqib oʻtgan Zardaryo kanalining maxsus toʻsiq bilan jihozlangan qismiga Erondan keltirilgan kichik hajmli gidroelektrstansiyani oʻrnatish orqali yashil energiya ishlab chiqarishga kirishdi.
— Xorijlik mutaxassislar yordamida ishga tushirilgan qurilma bir kecha kunduzda ortiqcha xarajatlarsiz 30 kilovatt soat quvvat hosil qiladi, -deydi qoʻshma korxona ish boshqaruvchisi Muhammadsolih Ahmadaliyev. – MiniGES ayni paytda sinov tartibida harakatda. Unga qoʻshimcha uzatish uskunalari oʻrnatilgandan soʻng oqar suvdan olingan quvvatlar hisobiga oyiga 21600 kilovatt ekologik sof energiya asosiy tarmoqqa yuborila boshlaydi.
Mulkobod mahallasida roʻyobga chiqarilgan ushbu loyiha hududdagi tadbirkorlarga har jihatdan maʼqul tushdi. Ularning bir nechtasi Zardaryo kanalining tezoqar qismlarida shu singari arzon va qulay kichik energo qurilmalar oʻrnatishga qiziqish bildirishgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring